AdFence har bir reklama klikini tekshiradi, soxtalarini bloklaydi va tejalgan pulni hisoblab beradi — agentliklar uchun ko‘p mijozli panel bilan.
Karta talab qilinmaydi · saytga bir qator kod · 5 daqiqada ishga tushadi
Saytingizga bir qator kod qo‘yasiz. Reklamadan kelgan har bir tashrif 12 dan ortiq signal bo‘yicha baholanadi va darvozada hal qilinadi.
01
Google Ads, Meta, Yandex Direct — MCC orqali barcha mijoz akkauntlari birdaniga.
02
Faqat reklamadan kelgan tashriflar kuzatiladi: gclid, fbclid, yclid. Oddiy tashrifchiga tegmaydi.
03
Fraud manba uchala platformada bloklanadi; har blokning sababi dashboard’da ko‘rinadi.
Jonli simulyatsiya · namuna ma’lumot
Radar AdFence nima qilishini ko‘rsatadi: kliklar kelib tushadi, ball oladi, fraud manbalar bloklanadi — siz uxlayotganingizda ham.
1 240
Tekshirildi
296
Bloklandi
23,9%
Fraud ulushi
Baholash
Qurilma izi, takroriy kliklar, headless brauzer, VPN va proxy, vaqt zonasi, sahifadagi xulq-atvor va Jev AI xulosasi.
Bloklash
IP istisno, istisno auditoriyasi va Metrika segmenti — har platformaga o‘z usuli.
Agentlik
MCC orqali ulash, jamoa rollari, barcha mijozlar paneli.
Hisobot
Bloklangan fraud va tejalgan mablag‘ — mijozga oylik.
Ogohlantirish
Fraud hujumi yoki uzilgan ulanish haqida xabar.
Tarif jadvali yo‘q: barcha imkoniyatlar har bir saytda. Siljitib, oylik hisobni ko‘ring.
Bitta qoida
300 000so‘m / sayt / oy
Har bir himoyalangan sayt (mijoz workspace’i) uchun bir xil narx. O‘z biznesingizmi yoki 30 ta mijozli agentlikmi — qoida bitta.
Biznes: bitta sayt, bitta workspace
AdFence · oylik hisob
namuna
Saytingizdagi skript reklamadan kelgan har bir klikni (gclid, fbclid, yclid) qayd etadi va brauzer hamda qurilma signallarini yig'adi. So'ng takroriy kliklar, IP almashtiruvchi qurilmalar, avtomatlashtirilgan brauzerlar, VPN/proxy IP'lar, vaqt zonasi nomuvofiqligi va sahifadagi xulq-atvor bo'yicha ball beriladi. Aniq bo'lmagan holatlarni Jev AI qo'shimcha tekshiradi.
Bloklash faqat yuqori ball olgan kliklar uchun ishlaydi. Ofis va hamkorlaringiz IP'larini oq ro'yxatga qo'shishingiz mumkin, istalgan IP'ni bir bosishda blokdan chiqarasiz. Blok oxirgi fraud klikidan 30 kun o'tib avtomatik olib tashlanadi.
Meta'da IP bloklash imkoni umuman yo'q, shuning uchun fraud tashrifchilar Conversions API orqali maxsus auditoriyaga yig'iladi va bu auditoriya barcha ad set'lardan chiqarib tashlanadi — bot IP almashtirsa ham reklamani ko'rmaydi. Yandex Direct'da har bir kampaniyaga eng so'nggi 25 ta fraud IP qo'yiladi, Metrika ulansa esa fraud tashrifchilar segmentiga −100% korrektirovka beriladi.
Yo'q. Himoya faqat saytga olib boradigan reklamalarda ishlaydi — klik saytingizga kelmasa, uni tekshirib bo'lmaydi. Lead-forma va xabar yozdiruvchi kampaniyalar bu toifaga kiradi.
Yo'q. Skript asinxron yuklanadi, juda kichik va faqat reklamadan kelgan tashriflarda ishga tushadi — oddiy tashrifchilarga umuman tegmaydi.
Google, Meta va Yandex eng ochiq-oydin holatlarni filtrlaydi, lekin ko'pini o'tkazib yuboradi — ayniqsa IP almashtiruvchi raqobatchilar va zamonaviy botlarni. AdFence ularni aniqlab bloklaydi, Google uchun esa kredit so'rashga tayyor hisobot ham beradi.
Bitta akkaunt ochasiz va har bir mijozingiz uchun alohida workspace qo'shasiz — ularning saytlari, reklama akkauntlari va statistikasi aralashmaydi. Google MCC'ni ulasangiz, barcha mijoz akkauntlari ro'yxat bo'lib chiqadi va har birini kerakli mijozga biriktirasiz.
Ha. Mijozni “Faqat ko'rish” roli bilan taklif qiling — u faqat o'z workspace'ini ko'radi va hech narsani o'zgartira olmaydi. Yoki oylik PDF hisobotni agentligingiz logotipi bilan yuklab, o'zingiz yuborasiz.
Har bir himoyalangan mijoz (workspace) uchun alohida oylik obuna — 14 kunlik bepul sinovdan keyin Payme, Click yoki kartaga o'tkazma orqali. Agentlik akkauntining o'zi bepul, karta ro'yxatdan o'tishda so'ralmaydi.